Logo

25–27-mart kunlari Toshkentda “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Mart 17, 2026. 12:04 • 5 daq

9
25–27-mart kunlari Toshkentda “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOShKYENT, 17-mart. /“Dunyo” AA/. Shu yil 25–27-mart kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Markazning 1-, 2-pavilyonlari va 1-atrium zalida o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tomonidan tashkil etilmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston agrosanoat majmuasi barqaror o‘zgarishlarni namoyish etmoqda – ishlab chiqarish hajmini oshirishdan tortib, samaradorlikni oshirish, texnologik taraqqiyot va eksport raqobatbardoshligini kuchaytirishgacha.

2025-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi barqaror o‘sishni namoyish etdi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar)ning umumiy qiymati 538 919,7 milliard so‘mni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yil raqamlariga nisbatan 4,4 foizga yuqoridir. Soha modernizatsiya maqsadlarini izchil amalga oshirib, eksport yo‘nalishlarini kengaytirib, xalqaro hamkorlar bilan kooperatsiyani mustahkamlamoqda.

Professional hamjamiyatda ushbu jarayonlar “AgroWorld Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasida amalda aks ettirilgan bo‘lib, ko‘rgazma shunchaki uskunalar va yechimlarni namoyish etishdan ko‘proq jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, texnologiya yetkazib beruvchilari, investorlar va agrosanoat majmuasi korxonalari o‘rtasida professional muloqotni rivojlantirishga ham yordam beradi. Bu yerda sohaning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar jamlangan – ishlab chiqarish va qayta ishlashdan tortib, saqlash va logistikagacha.

2026-yil ekspozitsiyasi zamonaviy agrosanoat majmuasi korxonalari uchun zarur bo‘lgan amaliy texnologik yechimlarni namoyish etishga qaratilgan. Taqdim etilgan ishlanmalar sanoatning asosiy segmentlarini – parrandachilik va chorvachilik, ozuqa ishlab chiqarish, veterinariya, donni qayta ishlash va saqlash, hosildorlikni oshirish va o‘simliklarni himoya qilish uchun agrokimyoviy yechimlarni qamrab oladi.

Bu yil ko‘rgazmada 19 mamlakatdan 162 ta kompaniya ishtirok etmoqda: AQSh, Avstriya, Belarus, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Polsha, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish homiysi “Vetteria” kompaniyasi Markaziy Osiyodagi barcha turdagi chorvalar va parrandalar uchun yem, premikslar, yem qo‘shimchalari, vaksinalar va veterinariya preparatlarining eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Xorijiy ishtirokchilar soni 87 foizni tashkil etdi. Ular qatoriga agrosanoat sektorining turli sohalari uchun uskunalar va texnologiyalar yetakchi ishlab chiqaruvchilari kiradi: “Petersime NV”, “Poultec NV” (Belgiya), “Marel Poultry B.V.”, “VDL Agrotech BV”, “Ottevanger Milling Engineers BV”, “Mavitec”(Niderlandiya), “Big Dutchman International GmbH” (Germaniya), “Skov A/S” (Daniya), “Giordano Poultry-Plast S.p.A.” (Italiya), “Tavsan Tavukçuluk Ekipman San. A.Ş”, “Yemmak”, “Alberk Proses Makineleri Ltd Şti”(Turkiya), “Kohshin Engineering” (Yaponiya).

Rossiya Federatsiyasining Belgorod va Kurgan viloyatlari jamoaviy stendlari namoyish etiladi. Xitoy, Turkiya va Niderlandiya kompaniyalarining keng ishtiroki kutilmoqda.

Mahalliy kompaniyalar qatoriga parrandachilik va chorvachilik uchun uskunalar, jumladan, oziqlantirish, ventilyatsiya va mikroiqlim tizimlari ishlab chiqaruvchilari, ozuqa, premikslar, veterinariya preparatlari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilari kiradi: “Golden Food”, “Provimi”, “Sagrada”, “Asl Feed”, “Mirta Tomorqa Xizmati”, “Asia Taren”, “Shyolkovo agroxim”, “Ashish Life Science” va boshqalar.

Bu yil parrandachilik bo‘limi, ayniqsa keng namoyish etilgan bo‘lib, u parrandalarni seleksiyasi, inkubatsiya qilish va boqishdan tortib, qayta ishlash, saqlash va mahsulot logistikasigacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish siklini qamrab oladi. Tashrif buyuruvchilar parrandachilik fabrikalari uchun keng qamrovli yechimlar, jumladan, qafasda va polda saqlash uskunalari, oziqlantirish, ventilyatsiya va mikroiqlim tizimlari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalari, tuxumni saqlash, saralash, qadoqlash va tashish uchun inkubatorlar va uskunalar haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Omuxta yem va veterinariya bo‘limida chorvalar va parrandalarning mahsuldorligi va sog‘lig‘ini yaxshilash bo‘yicha yechimlar, jumladan, omuxta yem, premikslar, ozuqa qo‘shimchalari, konsentratlar, veterinariya preparatlari, vaksinalar va biologik vositalar ishlab chiqarish taqdim etiladi. Shuningdek, omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun kompleks yechimlar namoyish etiladi.

Tashrif buyuruvchilar 1-pavilyonda don va dukkakli ekinlarni saqlash, un va makaronni qayta ishlash va ishlab chiqarish uskunalarini, jumladan, don tozalash mashinalari, elevator uskunalari, tegirmon va omuxta yem liniyalarini ko‘rishlari mumkin. Bu yerda turli xil o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, agrokimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi urug‘larini keng assortimenti taqdim qilinadi.

2-pavilyonda mutaxassislar chorvalarni so‘yish va qayta ishlash bo‘yicha yechimlarni, jumladan, chorvachilik uchun aqlli tizimlar va avtomatlashtirilgan uskunalar, chorvachilik chiqindilarini olib tashlash uskunalari va hayvonlarning qo‘shimcha mahsulotlarini qayta ishlash uchun integratsiyalashgan tizimlarni ko‘rishlari mumkin.

2026-yilda ko‘rgazmaga yangi xalqaro kompaniyalar qo‘shilib, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni taqdim etdi. Debyutantlar orasida “Quality Systems & Equipments Pvt Ltd” (Hindiston) – parrandachilik majmualari uchun uskunalar; “Meyn” (Niderlandiya) –parrandalarni qayta ishlash texnologiyalari; “Golden Food” (O‘zbekiston) – parrandachilikda innovasion yechimlar; “Sasso SAS” (Fransiya) –genetika va naslchilik dasturlari; “Turms International Inc.” (Koreya Respublikasi) – qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yuqori texnologiyali yechimlar; omuxta yem sanoati segmentida – “Green Gold Ilyichevka” (Qozog‘iston), “Intraco Ltd. N.V.” (Belgiya) va “Kohshin Engineering” (Yaponiya); o‘simlikshunoslik sohasida, tuproqga ishlov berish texnikasi va yechimlariga ixtisoslashgan “Rusdisk” (Rossiya).

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kuni, 26-mart kuni O‘zbekiston fermerlar Kengashi ko‘magida “Fermerlar kuni” o‘tkaziladi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi klasterlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib boriladi.

“AgroWorld Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi agrosanoat sohasida xalqaro muloqotni rivojlantirish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy yechimlarni ilgari surishda davom etmoqda. Uch kun davomida soha mutaxassislari tajriba almashish, mavjud tendensiyalarni muhokama qilish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yana-da o‘sishi va modernizatsiya qilishga yordam beradigan hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rasmiy ko‘mak:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

“Parrandasanoat” O‘zbekiston parrandachilari uyushmasi

Toshkent shahar hokimiyati

O‘zbekiston fermerlar kengashi

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling

Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18

E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish