Oʻzbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi
Mart 16, 2026. 23:47 • 42 soniya
• 76
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Eron Islom Respublikasi aholisiga insonparvarlik yordami yuborildi. Yuk tarkibidan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar oʻrin oldi.
Insonparvarlik yukini qabul qilish marosimida Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ruzbexani ishtirok etdi.
Eron rasmiylari koʻrsatilgan yordam va eʼtibor uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, mazkur tashabbus ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining amaliy ifodasi ekanini taʼkidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi