“Reuters” AA: O‘zbekiston iqtisodiyoti yildan yilga o‘sib bormoqda
Mart 17, 2026. 11:00 • 2 daq
• 84
LONDON, 17-mart. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning nufuzli “Reuters” axborot agentligi O‘zbekistonda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, Jahon banki so‘nggi yillarda O‘zbekistonni dunyoning eng faol islohotchi mamlakatlaridan biri, deya taʼkidlab, davlat iqtisodiyotining yildan yilga o‘sib borayotgani, iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mintaqada ancha ilgarilab ketayotgani, alohida eʼtirof etgan.
Nashrda keltirilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar iqtisodiyotni yuksalishiga katta taʼsir ko‘rsatdi. Mamlakatda sanoat, xizmatlar va eksport sektori rivojlanib, yalpi ichki mahsuloti yilda barqaror o‘sishni namoyon etmoqda.
Maqolada Buyuk Britaniya va Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi hamkor davlatlar bilan savdo va investitsiya aloqalari faol rivojlanayotgani, shuningdek tadbirkorlik muhiti soddalashtirilgani ham qayd etilgan. Yagona raqamli platforma orqali kompaniyalarning ro‘yxatdan o‘tishi va biznes boshlash imkoniyati mamlakatni Markaziy Osiyodagi iqtisodiy yo‘lakka aylantirmoqda.
Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ikki mamlakatning iqtisodiy tovar va xizmatlar savdosi, fond birjalari va xususiy sektorlari bo‘yicha statistik maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha haqida so‘z yuritilgan.
Madaniyat va taʼlim sohasida ham hamkorlik rivojlanayotgani, jumladan, O‘zbekiston simfoniya orkestrining Londondagi chiqishlari, madaniy festivallardagi faol ishtirok va Oksford universitetida tashkil etilgan “O‘zbekshunoslik” dastur loyihasi borasida maʼlumot keltirilgan.
“O‘zbekistonning geosiyosiy pozitsiyasi, amalga oshirayotgan islohotlari Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchi davlat sifatidagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning Yevroosiyo transport koridorlari kesishmasidagi joylashuvi mamlakatga Fors ko‘rfazi kapitali, Xitoy tadbirkorlik sektori hamda Yevropa texnologiyalaridan foydalanish imkonini bermoqda”, deya fikr bildirgan “Reuters” agentligi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi