Logo

Berlinda O‘zbekiston–Germaniya savdo-iqtisodiy aloqalari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

Aprel 26, 2026. 16:30 • 2 daq

535
Berlinda O‘zbekiston–Germaniya savdo-iqtisodiy aloqalari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

BERLIN, 26-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov Savdo-sanoat palatasi (DIHK)ning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha rahbari Folker Trayer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar jarayonida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Suhbat chog‘ida energetika va suv ta’minoti sohalariga ekologik toza hamda tejamkor texnologiyalarni joriy etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida biznes-missiyalar tashkil etish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston–Germaniya iqtisodiy aloqalarini institutsional darajada mustahkamlash va yangi investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish