O‘zbekiston TIV rahbari Dohada Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashdi
May 04, 2026. 20:00 • 2 daq
• 151
TOSHKENT, 4-may / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dohada Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy janoblari bilan mazmunli va samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Doha shahrida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, munosabatlarining asosini tashkil etuvchi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yana bir bor his etdik.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Barqarorlikni ta’minlash, keskinlikni kamaytirishda vazminlik, muloqot va diplomatiyaning o‘rni haqida fikr almashdik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi