“AJP”: O‘zbekiston va Gruziya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Iyul 03, 2026. 11:30 • 2 daq
• 142
SEUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “AJP” gazetasida “O‘zbekiston va Gruziya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi” sarlavhali maqolv ingliz va ingliz va koreys tillarida eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga rasmiy tashrifi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar haqida so‘z yuritilgan.
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston va Gruziya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2025-yildagi 267,6 million dollardan 1 milliard dollarga yetkazishni strategik maqsad sifatida belgilagan. Shu bilan birga, 2017–2025-yillar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi uch barobarga oshgani taʼkidlangan.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston eksport tarkibida mis simlari, prokat metall mahsulotlari, elektr jihozlari, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari va tamaki mahsulotlari muhim o‘rinni egallamoqda. Gruziya esa O‘zbekiston uchun Yevropa bozorlariga chiqishda muhim transport va logistika yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning Poti erkin industrial zonasida ko‘p tarmoqli logistika terminali qurish loyihasi va uning Markaziy Osiyo hamda Yevropa o‘rtasidagi O‘rta yo‘lak imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Aju Press” AA xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida tuzilgan qo‘shma ishchi guruh ikki davlat o‘rtasidagi savdo, investitsiya va infratuzilma sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi