“Reuters” AA: Vashington shtati sharqidagi o‘rmon yong‘inlari ommaviy evakuatsiya va elektr energiyasi uzilishlariga sabab bo‘ldi
Avgust 02, 2026. 14:32 • 2 daq
• 144
TOSHKENT, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSHning Vashington shtati sharqida 100 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari Spokan shahri hududida ommaviy evakuatsiya va elektr ta’minotidagi uzilishlarga olib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Reuters” agentligining ma’lum qilishicha, shanba kuni ertalab gubernator Bob Fergyuson butun shtat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilgan va gulxan yoqishni taqiqlagan. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, hozircha yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
“Shtatimiz ko‘plab yong‘inlar tufayli juda jiddiy vaziyatga duch keldi”, dedi Fergyuson va dam olish kunlari kuzatilayotgan kuchli shamol hamda yuqori harorat yong‘inlarga qarshi kurashni qiyinlashtirayotganini ta’kidladi.
Milliy gvardiyadan tashqari, o‘ndan ortiq shtatdan kelgan o‘t o‘chiruvchilar ham yordam ko‘rsatmoqda.
Bu yozda o‘rmon yong‘inlari Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy qismidagi boshqa hududlarda ham muammoga aylandi. O‘tgan oyda Britaniya Kolumbiyasining janubiy qismida 34 mingga yaqin chaqmoq chaqishi bir qator yong‘inlarni keltirib chiqargan va evakuatsiya qilish haqida buyruqlar berilishiga sabab bo‘lgan.
“Reuters” portali surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi