O‘zbekistonda “Al Jazeera” media-haftaligi bo‘lib o‘tdi
Sentabr 28, 2026. 12:30 • 2 daq
• 43TOSHKЕNT, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida “Al Jazeera Media Week” xalqaro media-haftaligi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida “Al Jazeera” media institutining tajribali mutaxassislari va trenerlari O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun zamonaviy mediatexnologiyalar va jurnalistlik ishi usullariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Media-haftalik ishtirokchilarga xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish, media sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni o‘rganish va yangi kasbiy ko‘nikmalarni amaliyotda sinab ko‘rish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Bugungi kunda faqat tezkor axborot uzatishning o‘zigina yetarli emas. Auditoriya e’tiborini ushlab tura oladigan ishonchli va vizual jihatdan jozibali kontentni yaratish, uni turli raqamli platformalarga moslashtirish zamonaviy jurnalistikaning muhim talablaridan biriga aylanmoqda.
Haftalik doirasidagi treninlgarda aynan mana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulot qatnashchilari sun’iy intellektdan foydalanish, raqamli storitelling, mobil jurnalistika, moushn-dizayn va televizion yangilik syujetlarini tayyorlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldi.
Treninglarni “Al Jazeera” media instituti mutaxassislari olib bordi. Qatarning Doha shahrida joylashgan mazkur institut 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, media va kommunikatsiyalar sohasida ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, uning tashkil etilishidan buyon turli o‘quv kurslarida 75 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




