Misr OAV: O‘zbekiston inson huquqlari sohasida xalqaro muloqotni mustahkamlamoqda
Sentabr 28, 2026. 11:30 • 2 daq
• 60QOHIRA, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Misrning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘qituvchilarning maqomini oshirish hamda inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, “El-Dameer” nashrida pedagoglarning kasbiy va ijtimoiy maqomini yuksaltirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda kasbiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Shuningdek, Samarqand inson huquqlari forumi “El-Dameer” va “Al-Diplomasy” nashrlarida keng yoritildi. OAV 28–29-sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlarning 60 yilligi va Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligi: qadr-qimmat, tenglik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi global hamkorlik” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Samarqand forumining xalqaro ahamiyatini qayd etdilar.
Maqolalarda forum inson huquqlari, barqaror rivojlanish va hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro muloqot uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, turli mamlakatlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarni inson qadr-qimmati, tenglik va umumiy qadriyatlar atrofida birlashtirishga qaratilgan yondashuv sifatida “Samarqand ruhi” konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


