Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi nufuzli Londonda “AMBA & BGA” tashkiloti bilan anglashuv Memorandumini imzoladi

Noyabr 28, 2025. 10:37 • 2 daq

628
O‘zbekiston delegatsiyasi nufuzli Londonda “AMBA & BGA” tashkiloti bilan anglashuv Memorandumini imzoladi

LONDON, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldashev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining Londonga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi “Going Global” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

“Education for Transformation: Building Partnerships for the Future” mavzusidagi xalqaro tadbirda 80 dan ziyod mamlakatdan taʼlim vazirlari, agentliklar va oliy o‘quv yurtlari vakillari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

Xalqaro tadbirlarda oliy taʼlimda sifat kafolati va samarali boshqaruv tizimi, davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion universitetlar tarmog‘ini kengaytirish, transmilliy taʼlim dasturlarining sifatini taʼminlash hamda taʼlimda inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlarida panel muhokamalar o‘tkazildi.

Safar davomida yurtdoshlarimiz “AMBA & BGA”, “QAA”, “Ofqual” va “Cambridge University Press & Assessment” masʼullari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

“AMBA & BGA” tashkilotning bosh ijrochi direktori

Endryu Meyn Uilson bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda taʼlim tizimida o‘quv dasturlarini baholash va akkreditatsiya mezonlari, O‘zbekiston OTMlarida biznes-taʼlim dasturlariga “AMBA” akkreditatsiyasini joriy etish imkoniyatlari xususida fikr-mulohaza almashildi.

Taʼlim sifatini baholashda xalqaro indikatorlarni uyg‘unlashtirish, kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashish mexanizmlarini yaratish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokara yakunida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda “AMBA & BGA” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, “AMBA & BGA” tashkiloti O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiya agentligi sifatida tan olinishi belgilanmoqda hamda uning ko‘magida qo‘shma trening, onlayn seminar va ekspert almashinuvlari bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish