Aysin-Goro Sidi: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari ikki ming yillik tarixga ega
Avgust 22, 2026. 15:00 • 2 daq
• 79
PEKIN, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoylik mashhur xonanda Aysin-Goro Sidi mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35-yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari ikki ming yildan ziyod tarixga ega. Biz bundan doim faxrlanamiz.
Ko‘p yildan buyon madaniyat sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, O‘zbekiston boy tarix va betakror madaniyatga ega.
Mamlakatingiz o‘z madaniyati, an’analari va san’atini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva singari qadimiy shaharlar jahon sivilizatsiyasining muhim markazlari hisoblanadi.
Xitoylik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi qadimiy tarixiy obidalar va diqqatga sazovor maskanlarni ko‘rishga bo‘lgan qiziqishi yildan yilga ortib borayotgani quvonarli. Bu esa O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi nafaqat Xitoyda, balki jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg‘otayotganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yangi madaniy va turistik markazlar barpo etilmoqda.
Bunday tashabbuslar sayyohlik salohiyatini yanada oshirish, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonni jahon xaritasida yanada yuqori mavqega olib chiqishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi