O‘zbekiston Prezidenti Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
Noyabr 19, 2026. 16:55 • 2 daq
• 37
TOSHKЕNT, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, xususan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, axborot texnologiyalari, turizm, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar yuqori sur’atda rivojlanib, o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni izchil ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ayniqsa, Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash ta’sis etilgani va bugun Toshkentda uning ilk yig‘ilishi doirasida yangi salmoqli investitsiya loyihalari va savdo kelishuvlariga erishilgani, 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalar hamda ishbilarmonlar ishtirokida biznes forumi o‘tkazilgani yuqori baholandi.
Uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish hamda bo‘lajak muhim tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi