Britaniyalik ijodkorning “O‘zbekiston xazinalari” filmi millionlab tomoshabinlar eʼtiborini qozonmoqda

Avgust 27, 2026. 15:30 • 2 daq

64
Britaniyalik ijodkorning “O‘zbekiston xazinalari” filmi millionlab tomoshabinlar eʼtiborini qozonmoqda

LONDON, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Britaniyalik taniqli tarixchi va teleboshlovchi Bettani Xyuz bilan hamkorlikda tasvirga olingan “O‘zbekiston xazinalari” nomli hujjatli film dunyo bo‘ylab keng namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur film joriy yilning 27-avgust kuni “BBC SELECT” platformasi orqali AQSH va Kanadada efirga uzatiladi.

Bunga qadar ushbu loyiha Britaniyaning nufuzli “Channel 4” hamda Avstraliyaning “SBS” telekanallari orqali namoyish etilib, millionlab tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.

Film O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, meʼmorchiligi hamda boy sayyohlik salohiyatini xalqaro auditoriyaga keng tanitishga munosib hissa qo‘shdi.

Ushbu loyiha mamlakatimizning betakror turistik maskanlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlarda yurtimizga nisbatan alohida qiziqish uyg‘otishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boy tarix va madaniyatga qiziquvchi sayyohlar uchun O‘zbekistonning madaniy merosi asosiy jozibador omil sifatida gavdalanmoqda.

Shu kabi xalqaro medialoyihalar xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda O‘zbekistonni jahonning eng jozibador va xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish