Mavritaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri IHTning yangi bosh kotibi etib saylandi
Avgust 28, 2026. 10:12 • 49 soniya
• 45
TOSHKENT, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Mavritaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ismoil Vild Shayx Ahmad IHTning yangi bosh kotibi etib saylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligining maʼlum qilishicha, 66 yoshli Ismoil Vild ash-Shayx Ahmad IHT Bosh kotibi lavozimida 2021–2026-yillarda tashkilotga rahbarlik qilgan chadlik diplomat Husayn Ibrohim Tahaning o‘rnini egallaydi.
Yangi bosh kotib 2015–2018-yillarda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlagan.
“Anadolu” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi