Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 30 kishidan oshdi

Avgust 15, 2026. 17:30 • 2 daq

13
Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 30 kishidan oshdi
Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 30 kishidan oshdi
Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 30 kishidan oshdi

JAKARTA, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. Indoneziyaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Reuters” agentligining ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar Flores orolidagi Maumere port shahri hududida 20 kishining halok bo‘lganini, olti nafar fuqaroning jarohat olganini va yana ikki kishining vayronalar ostida qolib ketganini aniqlagan. Shuningdek, turar joy binolari, omborlar va ma’muriy inshootlar vayron bo‘lgani, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani xabar qilingan.

Qutqaruv guruhlari ko‘chkilar va aloqadagi uzilishlar sababli zilzila epitsentriga eng yaqin joylashgan Nagekeo tumaniga yetib bora olmagan. Tumanning 2 mingga yaqin aholisi evakuatsiya qilingan. Kuchli yer silkinishlari Sharqiy va G‘arbiy Nusa-Tengara provinsiyalari hamda Janubiy Sulavesining ayrim hududlarida ham sezilgan.

“Reuters”saytidan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish