O‘zbekistonlik hunarmandlar Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

Iyul 06, 2026. 14:00 • 2 daq

25

KUALA-LUMPUR, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Malayziya xalqaro sovg‘alar ko‘rgazmasida mamlakatimizning milliy stendi tashkil etildi.

Malayziya Sovg‘alar va premium mahsulotlar uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tadbirda 15 ga yaqin davlat, jumladan ASEANga aʼzo mamlakatlar, Xitoy, Tailand va O‘zbekistondan hunarmandlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizda tayyorlangan amaliy sanʼat va xalq hunarmandchiligining turli yo‘nalishlariga oid mahsulotlar keng namoyish etildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik mohir ustalar tomonidan milliy hunarmandchilik anʼanalari, mahsulotlarni tayyorlash jarayoni va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil qilindi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan hukumat vakillari mazkur xalqaro tadbir xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Shuningdek, ular O‘zbekiston milliy stendining mazmunli va jozibador tashkil etilganini alohida eʼtirof etib, o‘zbekistonlik hunarmandlarga milliy amaliy sanʼat namunalarini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish