“Daily The Spokesman”: O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining zamonaviy bosqichi barqaror ijobiy dinamika bilan tavsiflanadi

Iyul 09, 2026. 15:00 • 2 daq

8
“Daily The Spokesman”: O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining zamonaviy bosqichi barqaror ijobiy dinamika bilan tavsiflanadi

ISLOMOBOD, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Daily The Spokesman” gazetasi “O‘zbekiston–Belarus: o‘zaro ishonch va pragmatik hamkorlik asosida ko‘p qirrali sheriklik mustahkamlanmoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining zamonaviy bosqichi barqaror ijobiy dinamika va hamkorlikning keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha izchil kengayib borayotgani bilan tavsiflanishi taʼkidlangan.

Maʼlum qilinganidek, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga 1993-yil 21-yanvar kuni asos solingan. Belarusning Toshkentdagi elchixonasi 1994-yil fevraldan faoliyat yuritmoqda, O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi esa 2017-yil oktyabrda tashkil etilgan bo‘lib, 2018-yil martdan to‘liq faoliyat boshlagan. O‘tgan davr mobaynida tomonlar o‘rtasida keng ko‘lamli shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan hamda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikning katta tajribasi to‘plangan.

Maqolada O‘zbekiston–Belarus hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olishi, hozirgi kunda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, taʼlim, madaniyat, fan, sog‘liqni saqlash va hududlararo hamkorlik sohalarida 126 ta ikki tomonlama hujjat imzolangani qayd etilgan.

“Asosiy hujjat 1991-yil 6-noyabrda Toshkentda tasdiqlangan Davlatlararo munosabatlar asoslari to‘g‘risidagi shartnoma bo‘lib, u O‘zbekiston–Belarus sherikligini rivojlantirishning huquqiy asosini tashkil qiladi. Bu tomonlarning suveren tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga sodiqligini ifodalaydi”, – deyilgan maqolada.

Siyosiy muloqot O‘zbekiston–Belarus sherikligining asosiy poydevori hisoblanadi. Yuqori va oliy darajadagi doimiy aloqalar o‘zaro ishonchni mustahkamlash va ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

1991–2026-yillar davomida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga olti marta tashrif buyurgan. Jumladan 1994, 2018 va 2024-yillarda rasmiy tashriflar amalga oshirilgan. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 31-iyul – 1-avgust kunlari Belarusga rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.

“Daily The Spokesman”da bosilgan maqola“O‘zbekiston–Belarus munosabatlari barqaror rivojlanish bilan ifodalanadi. Yuqori darajadagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy sheriklikning kengayishi, hududlararo aloqalar va gumanitar sohadagi hamkorlik ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga mos ravishda serqirra aloqalari yana-da mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratadi”, – degan so‘zlar bilan yakunlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish