Rossiyaning Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

Iyul 09, 2026. 14:00 • 2 daq

32
Rossiyaning Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

VLADIVOSTOK, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi Advokatlar palatasi rahbari Aleksandr Ilkun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida Primorsk o‘lkasida istiqomat qilayotgan, tahsil olayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar vatandoshlarga zarur huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning migratsiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etishiga ko‘maklashish, Rossiya migratsiya qonunchiligi bilan bog‘liq holatlarda yuzaga kelayotgan muammolar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda yurtdoshlarga huquqiy maslahatlar berish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda advokatlik yordamini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda Primorsk o‘lkasi Advokatlar palatasi, yurtimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tizimli ravishda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik hamyurtlarimizning Rossiya hududida huquqiy himoyasini taʼminlash, ularga sifatli yuridik ko‘mak ko‘rsatish va migratsiya masalalari bo‘yicha axborot-taʼlim ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish