O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro sammitda qatnashdi
Sentabr 02, 2026. 13:55 • 2 daq
• 5PEKIN, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida “IT Park Uzbekistan” delegatsiyasi “HICOOL 2026” xalqaro tadbirkorlar sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda turli vazirlik va idoralar, axborot texnologiyalari, robototexnika, sunʼiy intellekt, startaplar, innovatsion sanoat kabi sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari qatnashdi.
Sammit doirasida tashkil etilgan yuqori texnologik kompaniyalar ko‘rgazmasida “IT Park Uzbekistan” va uning rezidentlari uchun maxsus stend ajratilib, unda “ZAP”, “Easy Trip”, “AzizaAI” kabi milliy startap loyihalari namoyish etildi.
Anjuman ishtirokchilariga mamlakatimizda axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda “IT Park Uzbekistan” tomonidan xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Delegatsiya vakillari xitoylik hamkorlar ishtirokida sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi aloqalarga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi. Xitoy kompaniyalari “IT Park Uzbekistan” maydonchasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga taklif etildi.
Forum yakunida o‘tkazilgan G2B va B2B formatidagi muzokaralarda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



