O‘zbekiston delegatsiyasi JSTning savdo himoya choralariga oid mintaqaviy seminarida ishtirok etdi
Noyabr 10, 2026. 09:30 • 2 daq
• 112
VENA, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Avstriya poytaxtida “Jahon savdo tashkilotining savdo himoya choralariga oid qoidalari va ularni qo‘llash” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Seminar Jahon savdo tashkiloti doirasidagi savdo himoya mexanizmlarining huquqiy asoslari va ularni amaliyotda qo‘llash masalalariga bag‘ishlandi. Xususan, antidemping, kompensatsiya va maxsus himoya choralarini joriy etish tartiblari, tegishli tekshiruvlarni o‘tkazish mexanizmlari, milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish hamda xalqaro savdo majburiyatlariga rioya etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida xalqaro ekspertlar tomonidan savdo himoya choralarini qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar turli mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasi bilan tanishib, savdo tekshiruvlarini tashkil etish, zararni baholash, dalillarni tahlil qilish va tegishli choralarni qo‘llashdagi xalqaro amaliyot yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi uchun mazkur seminar milliy qonunchilikni JST qoidalariga muvofiqlashtirish, savdo himoya vositalarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va sohadagi amaliy bilimlarni mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi