Ertaga Toshkentda “TransLogistica Uzbekistan 2026” va “Securex Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmalari o‘z ishini boshlaydi

Noyabr 09, 2026. 21:00 • 5 daq

• 3
Ertaga Toshkentda “TransLogistica Uzbekistan 2026” va “Securex Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmalari o‘z ishini boshlaydi

TOSHKENT, 9-noyabr. /“Dunyo" AA/. 10–12 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026” hamda “Umumiy xavfsizlik tizimlari – Securex Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“TransLogistica Uzbekistan” va “Securex Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalarining birgalikda o‘tkazilishi zamonaviy iqtisodiyot rivojining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ikki muhim yo‘nalishi — transport-logistika infratuzilmasi va umumiy xavfsizlikni o‘zida birlashtirgan noyob professional platformani yaratadi.

Savdo aloqalarining globallashuvi, yuk oqimlarining ortib borishi hamda iqtisodiy jarayonlarning jadal raqamlashtirilishi sharoitida ishonchli logistika transport tizimlari, ombor majmualari, ishlab chiqarish obyektlari va axborot resurslari xavfsizligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ko‘rgazmalarda transport-logistika sohasi va xavfsizlik sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy yechimlar namoyish etilib, ishlab chiqaruvchilar, uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar hamda tegishli soha mutaxassislarini bir maydonda birlashtiradi.

“TransLogistica Uzbekistan” va “Securex Uzbekistan” qo‘shma ekspozitsiyasida 16 ta mamlakat – BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandiya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Estoniya, O‘zbekiston va Qozog‘iston 120 ta kompaniya va brend ishtirok etadi.

Tashkilotchilar – “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.

“TransLogistica Uzbekistan” ko‘rgazmasi har yili transport, logistika va ekspeditorlik kompaniyalari vakillari, infratuzilma operatorlari, davlat tashkilotlari hamda xalqaro biznes doiralari vakillarini bir maydonda jamlaydi.

Ko‘rgazmaning bosh homiysi – yuklarni havo transporti va avtomobil orqali tashish, bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini taklif etuvchi O‘zbekistonning “Fly Khiva” kompaniyasi.

Milliy ekspozitsiyalar an’anaviy tarzda Belarus Respublikasi va Latviya tomonidan taqdim etiladi. Bu yil ko‘rgazmada ilk bor Estoniya va Gruziyaning milliy stendlari ham ishtirok etadi.

Estoniya milliy stendi dengiz portlari (Tallinn porti, Sillamäe porti), temir yo‘l operatorlari (Estoniya temir yo‘llari, Operail), mamlakatning qator transport-logistika kompaniyalarini birlashtiradi.

Gruziya milliy stendi mamlakatni Markaziy Osiyoga olib boruvchi yo‘nalishdagi tranzit xab sifatida namoyish etadi. Ekspozitsiyada Tbilisi quruq porti “Ab-u Dhabi Ports Group” va “Wilhelmsen Port Services Georgia” kompaniyalarining port va terminal xizmatlari, “KairosLogistics”, “Alog Georgia” va “YU-El-Si Terminal” kompaniyalarining ekspeditorlik hamda bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari, “Danigi” kompaniyasining avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari, shuningdek, “SavvY” kompaniyasining yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha konsalting xizmatlari taqdim etiladi. 

“TransLogistica Uzbekistan” ekspozitsiyasi transport-logistika sohasining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi: Xalqaro ekspeditorlik va multimodal yuk tashish xizmatlari, jumladan, Xitoy, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar “System88” va “CIS Global Logistics” (BAA), “TransAsia Transport” va “Yiwu Suyi” (Xitoy), “Unico Logistics” (Koreya Respublikasi), “Dunyo” (Tojikiston), “Napram” va “Sino Railway” (O‘zbekiston) kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi.

Temir yo‘l orqali yuk tashish va harakatlanuvchi tarkibga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida Latviya temir yo‘llari, “Alfa Spedishn” (Belarus), “Temiryo‘lkargo” (O‘zbekiston) va “MTZ Transmash” (Rossiya) kompaniyalari o‘z xizmatlarini namoyish etadi.

Loyiha va nostandart o‘lchamli yuklarning logistikasi “RM Logistics” (Qozog‘iston) va “Miss Project” (Turkiya) kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Ombor va terminal infratuzilmasi, dengiz portlari hamda ayeroportlar yo‘nalishida “Ventspils” erkin porti, Riga aeroporti, “Uzbekistan Airports” hamda yiliga 450 ming TEU quvvatiga ega “Silkway CA” logistika markazi o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

Logistika jarayonlarini raqamlashtirish va tashqi savdo operatsiyalari yo‘nalishida “Flexobo” va “ATI.SU” platformalari (O‘zbekiston), “SIGIS” (Latviya) yuk tashishlarni boshqarish tizimi hamda “Texnologii Oneks” (Rossiya) to‘lov va tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) agentligi o‘z yechimlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, “DAF Trucks” (Niderlandiya) kompaniyasi yuk avtotransporti va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z yechimlarini taqdim etadi.

“Securex Uzbekistan” ko‘rgazmasi ko‘p yillardan buyon professional muloqot, innovatsion ishlanmalarni namoyish etish va ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Ko‘rgazma mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, texnologiyalarni ishlab chiquvchilar, ixtisoslashtirilgan uskunalar yetkazib beruvchilar, kompleks xavfsizlik sohasi ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirib, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda professional tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Ekspozitsiyada texnik xavfsizlik tizimlari, yong‘indan himoyalanish, kiberxavfsizlik hamda muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilish sohalaridagi zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi.

Texnik xavfsizlik tizimlari segmentida videokuzatuv, kirishni nazorat qilish va boshqarish, qo‘riqlash signalizatsiyasi bo‘yicha yechimlar namoyish etiladi: “Akuvox” (Xitoy) – IP-videodomofon tizimlari va “aqlli uy” yechimlari; “Bisen Smart Access” (Xitoy) – kirishni nazorat qilish tizimlari, shlagbaumlar va avtoturargoh tizimlari; “IPRo” (Rossiya) – GSM va Wi-Fi signalizatsiya tizimlari; “Vinlad” (O‘zbekiston) – kompleks xavfsizlik tizimlarini loyihalash va joriy etish xizmatlarini taqdim etadi.  

Yong‘in avtomatikasi va yong‘inni o‘chirish uskunalari “Gefest” (Rossiya) kompaniyasi tomonidan, yong‘inga qarshi klapanlar “Svetlit” (Belarus) tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, Xitoyning “Jiangxi Dingfeng” va “Jiujiang Zhengxin” kompaniyalari yong‘in-qutqaruv uskunalari hamda himoya kiyim-boshlarini namoyish etadi.

Kriminalistika va maxsus texnologiyalar alohida yo‘nalishni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda “Foster + Freeman” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining hujjatlar, barmoq izlari va turli izlarni ekspertiza qilish uskunalari, “Regula” (Belarus) kompaniyasining hujjatlar va banknotlarning haqiqiyligini tekshirishga mo‘ljallangan yechimlari, “Rohde & Schwarz” (Germaniya) kompaniyasining himoyalangan aloqa tizimlari namoyish etiladi.

“TransLogistica Uzbekistan” ko‘rgazmasining debyutantlari qatoridan Xitoy, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida temir yo‘l hamda multimodal yuk tashish xizmatlariga ixtisoslashgan “Sino Railway”, “Alfa Rail Export”, “UAB Blunitrans” kompaniyalari, loyiha logistikasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “RM Logistics” va “Miss Project”, terminal infratuzilmasi sohasidagi “Universal Logistics Services” va “Silkway CA” kompaniyalari o‘rin olgan.

Sohaga oid raqamli yechimlar esa “Flexobo” platformasi hamda “Texnologii Oneks” to‘lov va tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) agentligi tomonidan taqdim etiladi. 

“Securex Uzbekistan” ko‘rgazmasining debyutantlari qatoridan “Akuvox”, “Foster + Freeman Ltd.”, “Jiangxi Dingfeng Equipment Technology Co.”, Ltd.”, “Svetlit”, “Unitar Korxona” va “Jiujiang Zhengxin Fire Fighting Equipment Co.”, “Ltd.” kompaniyalari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmalarda taqdim etiladigan innovatsion yechimlar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or ishlanmalar soha mutaxassislariga tarmoqlardagi dolzarb tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, amaliy tajriba almashish, operatsion samaradorlikni oshirish va biznes jarayonlari xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali vositalarni topish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “Iteca Exhibitions” matbuot xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz

Tel: + (998 71) 205-18-18,

E-mail: pr@iteca.uz; www.trans.uz  www.securex.uz  

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish