O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi
Noyabr 09, 2026. 20:38 • 2 daq
• 16TOSHKENT, 9-noyabr./“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish uchun 10-11-noyabr kunlari Antalya shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, iqlim bo‘yicha global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirok etadi.
Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarshi kurashish hamda “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surish borasida keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qo‘shilgan. 2018-yilda mamlakatimiz Parij bitimining ishtirokchisiga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

