O‘zLiDeP delegatsiyasi Budapeshtdagi Osiyo–Yevropa siyosiy forumida qatnashdi
Dekabr 01, 2025. 17:38 • 36 soniya
• 49
BUDAPESHT, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zLiDeP delegatsiyasi Budapesht shahrida o‘tkazilgan Osiyo–Yevropa siyosiy forumining 6-yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vengriyaning “FIDES” partiyasi va Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Yevropa va Osiyo mamlakatlarining yetakchi siyosiy partiyalari rahbarlari va tahlil markazlari ekspertlari qatnashdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Akram Xayitov boshchilik qildi.
O‘z navbatida Akram Xayitov yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida to‘xtalib, O‘zbekiston–Vengriya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.
Tashrif doirasida Akram Xayitov “FIDES” partiyasi vitse-prezidenti Kinga Gal hamda Vengriya Milliy Assambleyasi tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Jolt Nemeth bilan bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakat siyosiy idoralari o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi