Logo

Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi

Dekabr 13, 2025. 10:27 • 55 soniya

100
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi

LONDON, 13 dekabrь. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmanov Reading universiteti rektori, professor Van de Nurt bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish yo'nalishlarida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, universitetning O'zbekistonda o'z kampusini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Professorning ma'lum qilishicha, universitet respublikaning OTMlari bilan xorijiy tillarni o'rgatish, qishloq xo'jaligi fanlari va meteorologiya yo'nalishlarida hamkorliklarni yo'lga qo'yishga tayyor.

Tashrif so'nggida mazkur universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan ham muloqot o'tkazildi. Unda universitet mas'ullari tomonidan vatandosh talabalarimizning yuqori bilim va salohiyatga ega ekanligi alohida e'tirof etildi.

Universitet 1892 yilda “University Extension College” sifatida tashkil etilgan, 1926 yilda esa rasman universitet maqomini olgan. Hozirda unda 20 ming nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Muassasada 4 ming nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi. Universitetda tabiiy, aniq, gumanitar va ijtimoiy fanlar, biznes, xorijiy tillar, san'at va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistratura dasturlari mavjud.

 

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish