Dilma Rusef: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda sherik bo‘lishdan mamnunmiz
Avgust 31, 2026. 12:32 • 2 daq
• 97
SHANXAY, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Yangi taraqqiyot banki (NDB) prezidenti Dilma Rusef yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Bankimiz va shaxsan o‘zim nomimdan O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etishdan mamnunman.
NDB rivojlanayotgan mamlakatlarning yirik infratuzilma, transport-logistika, ijtimoiy infratuzilma, “yashil” energetika kabi yo‘nalishdagi loyihalarini moliyalashtirishga ixtisoslashgan xalqaro taraqqiyot banki hisoblanadi.
Aytish lozimki, boy tarix va madaniy merosga ega bo‘lgan O‘zbekiston so‘nggi 35 yil ichida zamonaviy va dinamik iqtisodiyotni barpo etishda ajoyib yutuqlarga erishdi. Uning geografik o‘rni, fuqarolari salohiyati va boy tabiiy resurslari barqaror iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev qatʼiyatli rahbarligi ostida O‘zbekiston keng qamrovli islohot va yangilanish dasturini boshladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy sektorni mustahkamlash, investitsiya muhitini yaxshilash va mintaqaviy bog‘lanishni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Yangi Taraqqiyot Banki ushbu islohotlarda O‘zbekistonning yangi sherigi bo‘lishdan faxrlanadi. Biz ishonchli energiya taʼminoti, texnologik taraqqiyot, ijtimoiy rivojlanish hamda savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Biz mamlakatda energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi loyihamiz orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz.
O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman.
Hamkorlik aloqalarimiz yurt farovonligi, mamlakat taraqqiyoti va o‘zaro do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilsin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi