Qozog‘istonning Aktobe viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi
Noyabr 26, 2025. 15:38 • 31 soniya
• 71
AKTOBE, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtovdagi bosh konsuli Jamoliddinxo‘ja Abdukarimov Qozog‘istonning Aktobe viloyatiga tashrif buyurib, hududda yashayotgan vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qabul davomida zarur maslahatlar berildi, konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi, ushbu hududda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli konsullik xizmatlari taqdim etildi.
Sayyor tadbir doirasida vatandoshlar bilan respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida Aktobe viloyatida yashovchi vatandoshlarimizga doimiy konsullik hisobiga qo‘yish va konsullik muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga