Novosibirskdagi vatandoshlarga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi
Oktabr 06, 2026. 09:00 • 59 soniya
• 155
NOVOSIBIRSK, 6-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Novosibirsk shahridagi qurilish maydonlaridan birida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda 30 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularga konsul-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha batafsil maslahatlar berildi. Xususan, ish beruvchi tomonidan ish haqi asossiz ravishda kechiktirilgan hollarda darhol Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasiga murojaat qilish zarurligi uqtirildi. Shuningdek, vatandoshlarga shaxsiy va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Muloqot chog‘ida Bosh konsulxona fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligi yana bir bor ta’kidlandi.
Tadbir doirasida bir nafar vatandoshga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi, yana bir fuqaroga esa O‘zbekistonga qaytish sertifikati rasmiylashtirib berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi