O‘zbekiston diplomatlari Chuvashiyada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Sentabr 15, 2026. 18:00 • 57 soniya

35
O‘zbekiston diplomatlari Chuvashiyada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

ChEBOKSARI, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Migratsiya agentligi vakillari bilan birgalikda “Cheboksar traktor zavodi”da vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan mamlakatimiz fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida vatandoshlarga Rossiya qonunchiligi talablariga va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish, shuningdek, noqonuniy faoliyatga jalb qilinish holatlarini oldini olish maqsadida ogoh bo‘lish zarurligi tushuntirildi. Muloqotda huquqiy himoya, shuningdek, yanada xavfsiz va qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan Rossiyaning boshqa hududlarida ishga joylashishda ko‘maklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga vatanga qaytgandan so‘ng mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari va keyingi bandlik imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi. Xorijdagi vatandoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish