Logo

Olmaotadagi Bosh konsulxona diplomatlari qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarga amaliy yordam ko‘rsatdi

May 08, 2026. 10:25 • 2 daq

259

OLMAOTA, 8-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy, moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri..

Jumladan, vaqtinchalik yashash joyiga muhtoj bo‘lgan 11 nafar fuqaro xostellarga joylashtirildi. Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 13 nafar yurtdoshimizga Vatanga qaytish uchun davlat hisobidan aviachiptalar olib berildi.

Shuningdek, ayrim vijdonsiz ish beruvchilar tomonidan olib qo‘yilgan 34 nafar mehnat muhojirining pasportlari qaytarilib, o‘z egalariga topshirildi.

Mehnat faoliyati davomida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosi markaziy tibbiyot muassasasiga joylashtirildi va uning davolanish xarajatlari davlat tomonidan qoplab berildi.

Bosh konsulxona vakillari tomonidan vaqtinchalik saqlash muassasalarida saqlanayotgan 221 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan videokonferensiya orqali muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi hamda O‘zbekistonga qaytarish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Fuqarolarni vaqtinchalik turar joy bilan taʼminlash maqsadida konsullik hududidagi xostellardan biri bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston diplomatlari tomonidan Chimkent shahri, Qizilo‘rda, Jambil va Turkiston viloyatlarida yashayotgan vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida hamyurtlarimizga turli konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Xususan, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, fuqarolikka oid masalalar hamda Vatanga qaytish guvohnomasini olish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

Bosh konsulxona vakillari Olmaota va Chimkent shaharlaridagi o‘nta qurilish obyektiga tashrif buyurib, vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning holidan xabar oldi.

Uchrashuvlar davomida chet elda mehnat qilayotgan hamyurtlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tashabbuslar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, vatandoshlar o‘rtasida Qozog‘iston migratsiya qonunchiligiga qatʼiy rioya qilish, destruktiv diniy va terroristik oqimlar taʼsiriga tushmaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish