FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi

Sentabr 26, 2026. 11:15 • 2 daq

• 1
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi
FIDE tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» deb topildi

SAMARQAND, 26-sentabr. /»Dunyo» AA/. Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turi O‘zbekiston terma jamoalari uchun quvonarli natijalar bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ayniqsa, erkaklar jamoalarining muhim g‘alabalari turnirdagi mavqeimiz uchun katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston-1 terma jamoasi asosiy raqiblaridan biri ­– AQSH jamoasi bilan kuch sinashib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Oq donalarda o‘ynagan Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuanani mag‘lub etdi. Javohir Sindorov esa qora donalarda Uesli Soga yutqazdi.

Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda Hans Moke Niyemanni taslim etdi. Yosh shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov esa tajribali Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa O‘zbekiston-1 jamoasi kuchli raqib ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston-2 ham ishonchli g‘alaba qozondi. Jahongir Vohidov boshchiligidagi O‘zbekiston-2 jamoasi Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi bahsda katta ustunlik namoyish etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar FIDE reytingida yuqori o‘rinlarda turadigan raqiblarini mag‘lub etib, turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.

O‘zbekiston-3 erkaklar jamoasi ham 9-turni g‘alaba bilan yakunladi. Ular Qirg‘iziston vakillaridan ustun keldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar uchun esa 9-tur ancha qiyin kechdi. O‘zbekiston-1 jamoasi jahon reytingida birinchi o‘rinda turgan Hindiston ayollar terma jamoasiga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston-3 esa Italiya vakillariga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston-2 jamoasi esa bu turda muvaffaqiyat qozondi. Ular Islandiya terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Shunday qilib, Olimpiadaning 9-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoalari bir nechta muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar jamoalari uchun tur turlicha natijalar bilan yakunlandi.

Olimpiadaning hal qiluvchi va o‘ta qizg‘in kechadigan 10-turida terma jamoalarimizni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Asosiy jamoamiz O‘zbekiston-1 Armanistonga qarshi dona sursa, O‘zbekiston-2 jamoasi turnir peshqadamlaridan biri Hindiston bilan o‘ynaydi. O‘zbekiston-3 jamoasi Isroil bilan bahslashadi.

O‘zbekiston-1 10-turdayoq chempionlikni hal qilishi mumkin. Buning uchun Armaniston termasini mag‘lubiyatga uchratishi hamda narigi ikki juftlikda durang qayd etilishi kifoya.

Ayollar terma jamoamiz – O‘zbekiston-1 Peru, O‘zbekiston-2 Shvetsiya hamda O‘zbekiston-3 Keniyaga qarshi o‘zaro bahs olib boradi.

Yana bir quvonchli xabar: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi «FIDE Excellence Awards 2026»da «Eng yaxshi federatsiya» («Best Federation») deya topildi. Yilning eng yaxshi erkak va ayol shaxmatchisi bo‘yicha mukofotlar Olimpiadaning yopilish marosimida e’lon qilinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish