Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi

Iyun 26, 2026. 14:00 • 3 daq

Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
Toshkentda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi

TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda “Jahondagi narkotahdidlar: dolzarb muammolar, yangi chaqiriqlar va ularni bartaraf etishning innovatsion yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu anjuman 26-iyun – Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etildi.

Tadbirda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat va hududiy komissiyalar aʼzolari, mutasaddi davlat organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, mutaxassislar va ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va hamkor tuzilmalar vakillari, respublikadagi diplomatik korpus va konsullik muassasalari vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Operativ boshqaruv bo‘limi hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish dasturi (CADAP-8) rahbarlari so‘zga chiqdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu tadbir nafaqat giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy ifodasi, balki xalqaro va mahalliy tashkilotlar hamkorligidagi o‘zaro ishonch va birdamlik muhitini namoyon etuvchi muhim tashabbusga ham aylandi.

Tadbir davomida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi xodimi Salome Flores xonim 2025-yilda dunyoda kuzatilgan narkotiklar bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi hisobot taqdimotini o‘tkazdi.

Shuningdek, anjumanda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh davlat idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni, yil davomida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot ishlarida ishtirok etgan faollar esa “Targ‘ibot aʼlochisi” mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, tadbirda o‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston hududida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari va prekursorlarni yo‘q qilish marosimi onlayn tarzda namoyish etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilda 2 tonna 963,61 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, 1 tonna 348,79 kg marixuana, 649,64 kg gashish, 101,43 kg ko‘knor, 426,35 kg opiy, 78,37 kg geroin, 225,88 kg sintetik narkotiklar, 83,98 gr kokain, 197,51 gr gashish moyi, 0,04 gr psixotrop moddalar, 71,08 kg kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va 54 kg prekursorlar, shundan 152,5 gr kaliy permanganat hamda 53,88 kg xlorid kislotasi yoqish orqali yo‘q qilingan.

Mazkur anjuman O‘zbekiston xalqining giyohvandlikka qarshi kurashdagi qatʼiy irodasi va mustahkam pozitsiyasini yana bir bor namoyon etib, jamiyat uchun muhim ramziy qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish