Britaniya matbuoti: O‘zbekistonda kichik modulli reaktorlarga ega birinchi AES loyihasiga start berildi

Iyun 11, 2026. 09:00 • 1 daq

72
Britaniya matbuoti: O‘zbekistonda kichik modulli reaktorlarga ega birinchi AES loyihasiga start berildi

LONDON, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda, “Dunyo” AA muxbiri Britaniyaning “World Nuclear News” axborot portaliga tayanib.

Tadbirda videokonferensaloqa orqali O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi ishtirok etdi.

“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, stansiya qurilishi O‘zbekistonning energetik mustaqilligini mustahkamlash, sanoatning yuksalishi va texnologik rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Ta’kidlanishicha, loyiha kichik modulli reaktorlar texnologiyalari va yirik energetika quvvatlarini o‘zida mujassamlashtirishi bilan noyobdir. Yangilangan konsepsiyaga muvofiq, stansiya ikkita VVYER-1000 energobloki hamda umumiy quvvati 2100 MVtdan ortiq bo‘lgan ikkita kichik modulli reaktorni o‘z ichiga oladi.

Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning energetika xavfsizligini mustahkamlash, yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish