O‘zbekistonlik bankirlar Buyuk Britaniyada malaka oshirdi

Iyun 18, 2026. 20:00 • 2 daq

30
O‘zbekistonlik bankirlar Buyuk Britaniyada malaka oshirdi

LONDON, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning nufuzli banklari xodimlari uchun Buyuk Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Britaniyaning “MBF Academy” muassasasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur o‘quv dasturi bank tizimida kreditlash jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Treninglar davomida ishtirokchilar kredit qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladigan ilg‘or tahlil usullari, investitsiya va kredit loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari, kredit risklarini boshqarish, muammoli kreditlarni erta aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishdi.

Ushbu o‘quv dasturi doirasida olingan bilim va ko‘nikmalar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish, banklarda kredit risklarini samarali boshqarish hamda moliyalashtirilgan loyihalar ustidan ta’sirchan monitoringni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kurs yakunida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida mas’ullar ishtirokida dastur qatnashchilariga malaka sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish