O‘zbekiston TIV rahbari MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi
Oktabr 07, 2026. 20:25 • 2 daq
• 5TOSHKЕNT, 7-oktabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkmanistonda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Tor va keng doirada bo‘lib o‘tgan muloqotlarimiz davomida hamkasblarimiz bilan xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini batafsil muhokama qildik.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, samarali transport va logistika zanjirlarini shakllantirish, gumanitar va yoshlar almashinuvlarini faollashtirish, raqamli hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha qator tashabbus va takliflarni ilgari surdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


