O‘zbekiston va Daniya TIV rahbarlari siyosiy maslahatlashuvlar bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
Oktabr 02, 2026. 22:00 • 59 soniya
• 147
TOSHKENT, 2-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Lars Lyokke Rasmussen vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«Hamkasbim bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Daniya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mazkur hujjat ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun institutsional asos yaratadi.
Ishonchimiz komilki, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi tashabbuslar va aniq amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qiladi».
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi