O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Noyabr 26, 2026. 19:55 • 2 daq

• 31
O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

TOSHKENT, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari, janob Kaxa Imnadze bilan uchrashdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda preventiv diplomatiyaning ahamiyatini yuksak baholaymiz.

BMT va uning tuzilmalari bilan konstruktiv muloqotni davom ettirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish