O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi
Noyabr 26, 2026. 19:26 • 54 soniya
• 18
TOShKENT, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori Nam Chjin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIVning ma’lum qilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan, Prezidentimizning joriy yil sentyabr oyida Seul shahriga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar kelgusi yilda turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi