Vladivostokda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi huzuridagi tinchlik volontyorlari guruhining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 26, 2026. 18:30 • 2 daq

• 115
Vladivostokda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi huzuridagi tinchlik volontyorlari guruhining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

VLADIVOSTOK, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi binosida mazkur konsullik muassasasi huzurida tashkil etilgan tinchlik volontyorlari guruhining birinchi uchrashuvi hamda uning kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Primore o‘lkasida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan yosh vatandoshlarimiz ishtirok etdi. Bosh konsulxona xodimlari qatnashchilarni mazkur harakatning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, xorijda o‘zbek tili va milliy madaniyatimizni ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida madaniy-gumanitar, ta’lim va sport tadbirlarini tashkil etish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, shuningdek, volontyorlik va xalq diplomatiyasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish