O‘zbekiston va Gvineya-Bisau TIV rahbarlari BMT va Qo‘shilmaslik harakati doirasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Iyul 07, 2026. 23:00 • 2 daq
• 69
TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Gvineya-Bisau tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va hamjamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau xonim bilan telefon orqali samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Gvineya-Bisau o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. Siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Shuningdek, BMT va Qo‘shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Gvineya-Bisau o‘rtasida 2023-yil aprel oyida diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi