O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Jazoirning yangi elchisini qabul qildi

Iyul 07, 2026. 20:33 • 1 daq

157
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Jazoirning yangi elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning yangi elchisi Jamila Ashurni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Jazoirning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Jamila Ashur xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirilgan rasmiy tashrifimiz yakunlari hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, taʼlim, madaniyat va boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yana-da faollashtirishga tayyor ekanimizni bildirdik.

Elchi xonimga O‘zbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 30-iyunda o‘rnatilgan. Jamila Ashur 2023–2026-yillarda Jazoir elchixonasiga rahbarlik qilgan Mohamed Irki o‘rniga tayinlandi.

2026-yil may oyida Jazoirda O‘zbekistonning birinchi elchisi Mansurbek Qilichev akkreditatsiyadan o‘tgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish