O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi

Iyul 06, 2026. 16:40 • 2 daq

46
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi
“Dunyo” AA olgan surat

TOSHKENT, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mehmonning mamlakatimizga I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurganidan mamnun ekanimizni bildirdik.

Muzokaralar chog‘ida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida ICESCO bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni yana-da rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qildik.

Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda yaqin istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “Harakatlar rejasi” ijrosiga alohida eʼtibor qaratdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish