O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil mamlakat hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar, innovatsiyalar va shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘ldi
Avgust 21, 2026. 10:45 • 2 daq
• 98
PEKIN, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Haid International” kompaniyasi prezidenti Guyszyun Chjan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Avvalo, O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil mamlakat hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar, innovatsiyalar va shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil va keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakat yangi taraqqiyot bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda.
Ayniqsa, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga yanada ochilishi, xorijiy investitsiyalar uchun qulay va ishonchli muhit yaratilayotgani alohida eʼtiborga loyiq.
Sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli ishlar mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirmoqda.
Bugun O‘zbekiston xalqaro hamkorlar uchun ulkan imkoniyatlar, yangi tashabbuslar va istiqbolli loyihalarga boy jozibador investitsiya makoniga aylanmoqda.
Biz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasining ehtiyojlari, mavjud imkoniyati va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganyapmiz. O‘zaro manfaatli va yuqori samaradorlikka ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz. Ishonchimiz komilki, bunday hamkorlik yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yana bir bor O‘zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik, baxt-saodat va fayzu baraka tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi