Logo

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston tinchlik va diplomatiyaning global markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

Yanvar 19, 2026. 16:40 • 2 daq

51
Xitoydan munosabat: O‘zbekiston tinchlik va diplomatiyaning global markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

PEKIN, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. “Lookwe” nashri muharriri Tina “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidenti raisligida 15-yanvar bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlariga izoh berdi:

– O‘zbekiston Prezidenti diplomatik faoliyat natijalarini yuqori baholadi va kelgusi yillarda faoliyatni faollashtirish bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar oldida turgan yangi vazifalarni belgilab berdi.

Davlati rahbari o‘tgan yil samarali bo‘lganini taʼkidladi. 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi, yaqin tarixda ilk bor ayrim xorijiy yetakchilarning O‘zbekistonga tashriflari tashkil etildi.

“Markaziy Osiyo plyus” formatidagi ko‘p tomonlama muloqotlar samarali tus oldi. Keyingi yillarda 11 mamlakat bilan strategik sheriklik o‘rnatilib, ularning soni 19 taga yetdi, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi.

Jurnalist sifatida aytishim kerakki, O‘zbekiston ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosati tufayli tinchlik va diplomatiyaning global markazlaridan biri sifatidagi mavqeini tobora mustahkamlayotgani quvonarlidir. 2017-yildan buyon xorijda 16 ta yangi diplomatik vakolatxona va konsulliklar ochildi, ularning umumiy soni 60 taga yetdi, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan davlatlar soni esa 165 taga ko‘paydi.

O‘zbekiston Prezidenti xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirishga eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish vazifasi qo‘yildi, bu ham o‘zbek diplomatlarining xorijdagi faoliyatida ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

“Lookwe” nashri kelgusida ham O‘zbekistonning tashqi siyosati va diplomatik aloqalari bo‘yicha turkum materiallar va tahliliy maqolalar tayyorlashda davom etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish