Logo

Xayriddin Sultonov “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Yanvar 19, 2026. 18:03 • 40 soniya

41
Xayriddin Sultonov “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

TOSHKENT, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining “Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvonini berish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Farmonda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zining betakror isteʼdodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalqimiz badiiy tafakkuri, maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, o‘zbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish