Logo

Qozog‘istondan munosabat: Qozoqlar doim qardosh o‘zbek xalqini qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyatlaridan quvongan

Yanvar 01, 2026. 13:34 • 2 daq

224
Qozog‘istondan munosabat: Qozoqlar doim qardosh o‘zbek xalqini qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyatlaridan quvongan

OSTONA, 8-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istondagi Sotsiologiya instituti direktori, sotsiologiya fanlari doktori, akademik Zarema Shaukenova Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlament va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi:

– So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalari ancha rivojlandi, sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Iqtisodiyot, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoya sohasidagi aloqalar kengaymoqda.

Prezidentimiz Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuchli rahbarligi tufayli O‘zbekiston ko‘plab sohalarda ulkan natijalarga erishgani, muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlat sifatida butun dunyoga tanilganini alohida taʼkidladi. Keng ko‘lamli islohotlar natijalari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, aholi farovonligining oshishi, shaharlarning jadal o‘zgarishi, hayotning barcha sohalari sifatli rivojlanishida o‘z ifodasini topmoqda.

O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z nufuzini sezilarli darajada mustahkamladi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qozog‘istonda qardosh o‘zbek xalqini chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi, uning muvaffaqiyatlaridan quvonadi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ishlab chiqilib, qabul qilinganda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingandi. Bugungi kunda mavjud salohiyat, olib borilayotgan islohotlar, tadbirkorlarning faolligi, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning ortib borayotgani tufayli bu marraga 2026 yildayoq erishish mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli ekspertlarning baholari esa O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi besh yilda 240 milliard dollardan ziyodga o‘sishi mumkinligi haqidagi prognozni tasdiqlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2025 yilda O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va Xalqaro iqlim forumiga mezbonlik qilib, global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydonlarini tobora kengaytirmoqda.

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston integratsiya jarayonlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatini yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Davlatlarimiz rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlari Markaziy Osiyoning mustaqil geosiyosiy birlik sifatida mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z Murojaatnomasida jahonda tobora kuchayib borayotgan, yaqin-yaqingacha tasavvur qilib bo‘lmaydigan murakkab sharoitlar, iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotganini alohida taʼkidladi. Bunday murakkab davrda kim samarali ichki loyihalarni taklif eta olsa va jahon munosabatlarining yangi formatida o‘z o‘rnini belgilay olsa, o‘sha g‘olib bo‘lishi aniq.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish