“24.kg” AA: O‘zbekiston tarixida ilk bor aksiyalar xalqaro savdoga chiqarildi
May 22, 2026. 10:55 • 58 soniya
•
O‘Sh, 22-may. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “24.kg” axborot agentligi “O‘zbekiston iqtisodiyoti global darajaga chiqmoqda” sarlavhali maqola tarqatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Agentlik yozishicha, O‘zbekiston tarixida ilk bor aksiyalar xalqaro ommaviy savdoga chiqarilgan. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO (Initial Public Offering) jarayonini boshlagan.
Maqolada qayd etilishicha, ushbu voqea so‘nggi yillarda mintaqadagi eng yirik moliyaviy voqealardan biri bo‘lib, UzNIF 603,6 million AQSH dollari jalb qilingan. Talab esa taklifdan to‘rt barobar yuqori bo‘lgan.
IPO doirasida “BlackRock”, “Franklin Resources” va boshqa xalqaro fondlar taxminan 300 million dollarlik GDR (abbreviatura) sotib olishga rozilik bildirgan.
Shuningdek, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va global investorlar qiziqishining ortishi mamlakatning Markaziy Osiyodagi muhim moliyaviy hamda investitsion markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Skandinaviya tajribasi joriy etilmoqda



