“Interfaks” AA: O‘zbekiston iqtisodiyoti juda tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan davlat

Iyun 18, 2026. 16:00 • 2 daq

9
“Interfaks” AA: O‘zbekiston iqtisodiyoti juda tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan davlat

MOSKVA, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning yetakchi “Interfaks” axborot agentligida Rossiya investorlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchukning jurnalistlarga bergan intervyusidan iqtiboslar keltirilgan. Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun, avvalo, juda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan va izchil diversifikatsiyalashayotgan iqtisodiyoti bilan alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

“Eng muhimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti juda tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan davlatdir. Bu yerda taraqqiyot uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, bu diversifikatsiyalashayotgan iqtisodiyot hisoblanadi”, – deya Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.

Qayd etilishicha, Aleksey Overchuk V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustinga hamrohlik qilayotgan rasmiy delegatsiya tarkibida joy olgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish