“Sada El Balad”: Samarqandda yosh parlamentariylarning XII xalqaro konferensiyasiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
Avgust 22, 2026. 10:00 • 2 daq
• 147
QOHIRA, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. 4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq yosh aʼzolarining XII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Misrning “Sada El Balad” axborot agentligiga tayanib.
Maqolada yozilishicha, tahlikali davrda barcha uchun shaxsiy huquq, adolat va qadr-qimmatni tiklash” mavzusida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyada 183 mamlakatdan 15 ta xalqaro tashkilot, 50 nafarga yaqin doimiy kuzatuvchi hamda 300 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Tadbir doirasida mojarolar va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularning siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandlik masalalari hamda xotin-qizlar va yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan oltita tematik sessiya o‘tkaziladi.
Shuningdek, konferensiya dasturidan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha parlament hamkorligining III Global forumi ham o‘rin olgan. Forum davomida ishtirokchilar xalqaro kun tartibini amalga oshirishda parlamentlar va yoshlarning o‘rnini muhokama qiladi.
Ishchi sessiyalar 4–5-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, 6 sentyabr esa mezbon mamlakat parlamenti tomonidan tashkil etiladigan madaniy dasturga bag‘ishlanadi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha yosh parlamentariylarning tavsiyalari aks etgan yakuniy hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi