Isroil OAV: O‘zbekiston – Markaziy Osiyoda yuqori texnologiyalar va olmos sanoati bo‘yicha yangi potensial sherik

Iyul 12, 2026. 11:30 • 2 daq

76

TEL-AVIV, 12-iyul. /“Dunyo” AA/. Isroilning ommabop “Kanal 14” telekanali hamda Butunjahon buxoro yahudiylari kongressining “Menora” gazetasida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikka bag‘ishlangan materiallar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Markaziy Osiyoning aholisi eng zich yashaydigan mamlakati bo‘lgan O‘zbekiston izchil iqtisodiy islohotlar va yangi foydali qazilma konlarining ochilishi fonida Isroil texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi hamda innovatsiyalari uchun o‘z eshiklarini keng ochmoqda.

Isroil OAV yurtimizdagi yirik “Global Textile” to‘qimachilik korxonasi faoliyatiga to‘xtalib, isroillik sheriklar bilan hamkorlik paxtachilikda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish imkonini berganini alohida e’tirof etgan.

Shuningdek, materiallarda Toshkent markazida xalqaro startaplar uchun tashkil etilgan yangi texnopark xususida so‘z yuritilgan. Unda Isroil istiqbolli hamkor sifatida ko‘rilayotgani hamda mahalliy vakillar isroillik kompaniyalarni yurtimizda o‘tkazilayotgan xalqaro tanlovlar va loyihalarga jalb etishga tayyor ekani qayd etilgan.

“Menora” gazetasining yozishicha, bugungi kunda Toshkent o‘zini Markaziy Osiyoning yangi moliyaviy markazi sifatida namoyon etmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning olmos va yuqori texnologiyalar industriyasi Isroil investitsiyalarini jalb qilishda eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida baholanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish