O‘zbekiston hududlari va Primore o‘lkasi Savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kengaytiradi

Iyul 12, 2026. 11:00 • 51 soniya

7
O‘zbekiston hududlari va Primore o‘lkasi Savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kengaytiradi

VLADIVOSTOK, 12-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Rossiyaning Primore o‘lkasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti Boris Stupnitskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida mamlakatimizda tashqi savdo sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar va xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar xususida fikr almashildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan, hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini kengaytirish, o‘zaro biznes-missiyalarni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida rossiyalik mutaxassislar yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tegishli memorandumni imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish